Drezdendagi zavod 2002 yilda ishga tushgandi. O‘tgan 23 yil davomida bu yerda 200 ming donaga yaqin mashina ishlab chiqarilgan. Wolkswagen konserni 88 yillik tarixida ilk Germaniyadagi zavodini yopadi. Drezdendagi korxona 16 dekabrdan boshlab avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu kompaniyaning xarajatlarni qisqartirish strategiyasining bir qismi, deb yozmoqda Financial Times. Mazkur zavod 2002 yilda ishga tushgandi. O‘tgan 23 yil davomida bu yerda 200 ming donaga yaqin mashina ishlab chiqarilgan. Zavod yopilganidan so‘ng Drezden texnika universiteti ixtiyoriga beriladi. Bu yerda robototexnika, sun’iy intellekt va mikroelektronika bo‘yicha tadqiqot markazi ochiladi. Volkswagen bozori kasod bo‘la boshlagach, qat’iy tejamkorlik rejimiga o‘tdi. Yaqin yillar uchun budjet milliardlab yevroga kamaytirildi va Germaniyada 35 ming xodim ishdan bo‘shatiladi.