O‘zbekistonda AQSh olimlari bilan saratonni erta aniqlash bo‘yicha yangi loyiha ishlab chiqildi

Wpfreeware 6:49 AM Technology

DFCI instituti tomonidan insonparvarlik yordami sifatida 100 dan ortiq zamonaviy FIT test to‘plamlari, yuqori aniqlikdagi FIT analizator, maxsus lateks reagentlari, bufer eritmalari, kalibratorlar va nazorat materiallari Andijon viloyati uchun beg‘araz taqdim etilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Garvard universiteti qoshidagi Dana-Farber saraton instituti (DFCI) mutaxassislari hamkorligida yangi ijtimoiy-sog‘liqni saqlash loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyihaga ko‘ra, DFCIning moliyaviy-texnik ko‘magi asosida onkologik kasalliklarni barvaqt tashxislash va davolash dasturining pilot bosqichi sifatida Asaka tumanida “Zamonaviy skrining orqali kolorektal saratonni erta aniqlash” tashabbusi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, u an’anaviy murakkab tekshiruv usullari o‘rniga samaradorligi isbotlangan hamda invaziv bo‘lmagan (jarrohlik yoki ichki aralashuvsiz) immunokimyoviy test (FIT) usuli ishlatilishi orqali onkologik kasalliklarini ilk bosqichlarda, hatto hech qanday alomatlar sezilmagan paytda ham aniqlash imkonini beradi.

Mavzu doirasida