Maktabgacha ta’limda o‘yinga asoslangan model joriy etiladi

Wpfreeware 6:49 AM Technology

4 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda ta’lim sifatini oshirish va bolalar rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yondashuvlar muhokama qilindi. Taqdimotda maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinga asoslangan ta’lim modelini joriy etish taklifi ilgari surildi. Ushbu yondashuv bolaning tabiiy qobiliyati, qiziqishlari va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim bolaning intellektual, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Shu bois, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish va o‘quv muhitini yangilash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida joriy etish, “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini shakllantirish hamda kadrlar salohiyatini oshirish choralari ham ko‘rib chiqildi.

Mavzu doirasida